keltirdi. Bas, iymon keltiringiz, o‘zingiz uchun yaxshi bo‘lur. Agar inkor
qilsanglar (o‘zingizga zarar qilasiz, xolos). Zero, Osmonlardagi va Yerdagi bor
narsa Allohnikidir. Alloh bilim va hikmat egasi bo‘lgan zotdir.
171. Ey ahli Kitob, (Iysoni xudo deyish bilan) diningizda haddingizdan
oshmangiz! Alloh sha’niga esa faqat haq gapni aytingiz! Albatta, al-Masih Iyso
binni Maryam faqat Allohning payg‘ambari va Uning Maryamga yetkazgan so‘zi
hamda uning tomonidan bo‘lgan ruh (sohibidir), xolos. Bas, Alloh va Uning
payg‘ambarlariga iymon keltiringiz! «(Tangri) uchta (ya’ni, Alloh, Maryam va
Iyso uchalalari ham tangrilardir)», demangiz! (Bunday botil e’tiqoddan)
to‘xtangiz, shunda o‘zingiz uchun yaxshi bo‘lur. Hech shak-shubhasiz Alloh
yakka-yagonadir. U farzandlik bo‘lishdan pok bo‘lgan zotdir. Osmonlardagi va
Do'stlaringiz bilan baham: |