Uzzo, Manot kabi) sanamlarga sig‘inadilar va faqat itoatsiz shaytonga
sig‘inadilar.
118. Alloh uni la’natladi. (Shunda) u dedi: «Qasamki, bandalaring orasidan
o‘zimga tegishli nasibani albatta olaman.
119. Va ularni yo‘ldan ozdiraman, xomxayollarga mubtalo qilaman, buyursam
ular chorvalarining quloqlarini kesadilar, buyursam Alloh yaratgan narsalarni
o‘zgartirib-buzadilar». Kimki Allohni qo‘yib, shaytonni do‘st tutsa, bas, u
ochiqdan-ochiq ziyon qilibdi.
I z o h .
Islomdan ilgari arablar tuyalarning beshinchi bolasi erkak tug‘ilsa, qulog‘ini
kesib yoki teshib, o‘zlari sig‘inadigan butlariga qurbonlik qilib bo‘sh qo‘yib yuborar
ekanlar. «Allohning yaratgan narsalarini o‘zgartirish»laridan murod — qullarni bichish,
ayollarning ziynat uchun qosh terishlari, soch ulashlari kabi narsalarni o‘z asliy holatidan
soxta-sun’iy holatga o‘zgartirish nazarda tutiladi. Qur’on bunday yaramas ishlar,
shaytonga bo‘ysunish, deb uqtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |