112. Kimki biron xato yoki gunohni qilib qo‘yib, so‘ng uni bir pok odamga
tuhmat qilib otsa, muxaqqaqki, u bo‘hton va ochiq gunohni o‘z zimmasiga
olibdi.
113. (Ey Muhammad), agar sizga Allohning fazlu marhamati bo‘lmaganda edi,
ulardan bir toifasi sizni yo‘ldan ozdirishga urinib qolgan edi. Lekin ular faqat
o‘zlarini adashtiradilar, xolos. Sizga esa biron ziyon yetkaza olmaydilar. (Zero)
Alloh sizga Kitob va Hikmatni nozil qildi va bilmagan narsalaringizni bildirdi.
Allohning sizga qilgan fazlu marhamati ulug‘ bo‘ldi.
114. Ularning ko‘p maxfiy suhbatlaridan — agar sadaqa berishga yo biron
yaxshilik qilishga yoki odamlar o‘rtasini isloh qilishga buyurgan bo‘lmasalar —
hech qanday foyda yo‘qdir. Kim Alloh rizosini istab bu ishlarni qilsa, unga ulug‘
Do'stlaringiz bilan baham: |