qo‘rsatgan yo‘l bilan hukm etishingiz uchun nozil qildik. Siz xoinlarni himoya
qilguvchi bo‘lmang.
106. Allohdan mag‘firat qilishni so‘rang! Albatta Alloh mag‘firat qilguvchi va
mehribon bo‘lgan zotdir.
107. Siz o‘zlariga xiyonat qiladigan (jinoyatkor) kimsalarning yonini olmang!
Albatta Alloh xoin va jinoyatchi bo‘lgan kimsalarni sevmaydi.
I z o h .
Bu oyat madinalik To‘ma binni Ubayriq sha’niga nozil bo‘lgan. U qo‘shnisining
sovutini o‘g‘irlab, o‘g‘riligi oshkor bo‘lish xavfi tug‘ilganda u sovutni boshqa bir odamning
uyiga olib borib berkitadi. Shundan keyin To‘‘maning qabiladoshlari payg‘ambar alayhis-
salomning oldilariga kelishib, uni oqlab gapiradilar. Ularga ishonib payg‘ambar alayhis-
salom To‘‘mani odamlar oldida himoya qiladilar va uni o‘g‘ri deganlarga qarshi
gapiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |