99. Toki qachon ulardan (ya’ni mushriklardan) biriga o‘lim kelganida:
«Parvardigor, meni (yana hayotga) qaytaringlar.
100. Shoyad, men qolgan umrimda yaxshi amal qilsam», deb qolur. Yo‘q! (U
aslo hayotga qaytarilmas). Darhaqiqat bu (har bir jon berayotgan kofir)
aytadigan so‘zdir. Ularning ortida to qayta tiriladigan kunlarigacha (dunyoga
qaytishlaridan to‘sib turadigan) bir to‘siq bo‘lur.
I z o h.
Naql qilishlaricha, umrini kufru-tug‘yon bilan sovurgan kimsaga o‘lim soati
kelganida, shu qadar nadomat va azobga duchor qilinadiki, bu azob oldida dunyodagi
barcha uqubatlar rohat bo‘lib qoladi. Endi u jahannamda shunday azoblarga giriftor
bo‘ladiki, buning oldida o‘layotgan soatida ko‘rgan azobi rohatga aylanib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |