«Bas qanday aldanmoqdadirsizlar?!»
90. Yo‘q! Biz ularga (qayta tirilishlari haqidagi) Haqiqatni keltirdik. Ular esa
shak-shubhasiz yolg‘onchidirlar.
91. Allohning bolasi yo‘qdir va U zot bilan birga biron iloh bo‘lgan emasdir. Aks
holda albatta har bir iloh o‘zi yaratgan narsa bilan ketib, bir-birlaridan ustun
bo‘lib olur edilar, (ya’ni har bir «iloh» o‘z hukmini o‘tkazmoqni istab, natijada
yeru osmon buzilib ketgan bo‘lur edi). Alloh ular aytayotgan sheriklardan
pokdir.
92. U g‘aybu-shahodatni (ya’ni yo‘qu-borni) bilguvchidir. Bas u
(mushriklarning) shirklaridan yuksakdir.
93. Ayting: «Parvardigorim, agar Sen menga (kofirlarga) va’da qilinayotgan
(azob)ni (ularning ustiga tushganini) ko‘rguzadigan bo‘lsang,
Do'stlaringiz bilan baham: |