58. (Yer yuzidagi) bor qishloq-shaharning (barchasini) Biz qiyomat kuni
(kelishi)dan ilgari halok qilguvchidirmiz yoki qattiq azob bilan
azoblaguvchidirmiz. Ushbu hukm Kitobda taqdiri azalda bitilgandir.
59. (Ey Muhammad, mushriklar sizdan talab qilgan) oyat-mo‘‘jizalarni
yuborishdan Bizni faqat avvalgi ummatlar u (mo‘‘jizalarni) yolg‘on
deganlarigina qaytardi. Samud qabilasiga ochiq (mo‘‘jiza bo‘lgan) tuyani ato
etganimizda uni inkor etdilar (va oqibatda qirilib ketdilar). Biz mo‘‘jizalarni
faqat (bandalarimizni halokatdan) qo‘rqitish uchungina yuborurmiz.
60. Eslang, (ey Muhammad), Biz sizga Parvardigoringiz (barcha) odamlarni
o‘rab-ihota qilib olgandir, degan edik. Biz sizga (Me’roj kechasida ko‘rsatgan)
«Tush»ni va Qur’onda la’natlangan (Zaqqum) daraxtini u odamlar uchun bir
Do'stlaringiz bilan baham: |