faqat Bizning amru farmonlarimizni ularga yetkazmoqdir).
55. Parvardigoringiz osmonlar va yerdagi bor jonzotni juda yaxshi bilur.
Haqiqatan, Biz ayrim payg‘ambarlarni ayrimlaridan ustun qildik. Biz Dovudga
Zaburni ato etdik.
I z o h .
Bu oyat ba’zi mushriklar Muhammad alayhis-salomning payg‘ambar
ekanliklariga iymon keltirmay, «Oramizda qanchadan-qancha oliynasab zodagonlar
turganida mana shu yetim, yalangoyoq Muhammad payg‘ambar bo‘ladimi?»
deyishganida nozil qilingandir. Tangri taolo unda nafaqat makkaliklarni, balki yeru
osmonlardagi barcha jonivorlarni ham juda yaxshi bilishini, binobarin, kimni payg‘ambar
qilib tanlash ham O’z ixtiyorida ekanligini bayon qiladi va O’zi yuborgan
payg‘ambarlariga turli mo‘‘jizalar berish bilan ayrimlarini ayrimlaridan afzal qilib qo‘ygani
haqida xabar beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |