ergashmoqdasizlar» deyayotganlarini juda yaxshi bilurmiz.
48. (Ey Muhammad), ular siz haqingizda (sehrlangan, majnun, shoir deb)
qanday misollar keltirganlarini, bas, yo‘ldan ozib (haq) yo‘lni topa
olmayotganlarini ko‘ring!
49. Ular: «Suyak va (chirik) murdalarga aylanib ketgach, yana yangitdan
yaralib tirilurmizmi?!» dedilar.
50-51. Ayting: «Sizlar xoh tosh yo temir bo‘linglar yoki ko‘ngillaringizda
(hayotligini tasavvur qilishi) juda qiyin bo‘lgan boshqa biron maxluq bo‘linglar,
(harholda Alloh sizlarni tiriltirur)». Hali ular: «Bizlarni kim qayta tiriltira
olur?»— deydilar. «Sizlarni ilk bor yaratgan zot», deb ayting! Hali ular: «U
(kun) qachon bo‘lur?» deb (so‘raydilar). «Shoyadki yaqin bo‘lsa», deb ayting!
Do'stlaringiz bilan baham: |