104. Siz ulardan bu (da’vatingiz) uchun biron ajr-haq so‘ramaysiz. Bu (Qur’on)
faqatgina barcha olamlar uchun bir eslatmadir, xolos.
105. Osmonlar va yerda (Allohning borligi va birligiga dalolat qilguvchi)
qanchadan-qancha oyat-alomatlar bordir. (Lekin) ular bu oyatlardan yuz
o‘girgan hollarida o‘tib ketaveradilar.
106. Ularning ko‘plari Allohga faqat mushrik bo‘lgan hollaridagina iymon
keltiradilar.
I z o h.
Darhaqiqat, ba’zilar o‘zlari Allohga iymon keltirsalar-da, hayotlarida o‘sha
yagona Alloh yaratgan quyosh, oy, olov kabi narsalarga sig‘inib yoki o‘zlarini «xudo»
fahmlaydigan zolim hokimlarga bo‘yinsunib, ularning insoniyatni halokatga olib boruvchi
«oydin yo‘llari»ga ergashib yashab o‘tadilar. Bu oyatlarda bunday kimsalarning mushrik
ekanliklari uqtiriladi va ularga nogahoniy balo kelishidan yoki qiyomat qoyim bo‘lishidan
ilgari o‘zlarini o‘nglab yagona Allohga qaytishlari tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |