sohibidir».
101. «Parvardigorim, menga podshohlikni ato etding, yana barcha tushlarning
ta’vil-ta’birlaridan ta’lim berding. Ey osmonlar va yerni yaratgan zot, dunyoyu
oxiratda O’zing hojamdirsan. (Umrim bitib, sen O’zing belgilab qo‘ygan ajalim
yetganida) musulmon holimda jonimni olgin va meni ham solih bandalaring
qatoriga qo‘shgin».
102. (Ey Muhammad), bu Biz sizga vahiy qilayotgan g‘ayb xabarlaridandir.
(Chunki siz Yusufning og‘a-inilari) makr-hiyla bilan o‘zlarining rejalarini tuzib
ittifoq qilishayotgan paytlarida ularning yonlarida hozir emasdingiz.
103. Garchi siz (barcha odamlarning iymon keltirishlarini) juda istasangiz-da,
odamlarning ko‘plari mo‘min bo‘lmaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |