ustingizda Allohdan vasiqa (ya’ni, ahd-paymoningizni) olib qolganini
unutdingizmi?! Ilgari Yusuf to‘g‘risida ham shunday sustkashlik qilgan
edinglar. Bas, to otam menga izn bermagunicha yoki Alloh mening foydamga
hukm qilmagunicha (ya’ni, inimiz ozod bo‘lmagunicha) mana shu yerdan hargiz
jilmayman. U zot (Alloh) hukm qilguvchilarning yaxshirog‘idir».
81. «Sizlar otalaringiz oldiga qaytib, aytinglar: «Ey ota, darhaqiqat, o‘g‘ling
o‘g‘rilik qildi. Bizlar faqat ko‘rgan-bilgan narsamizga guvohlik bermoqdamiz.
(Oldin senga uni asrashni va’da qilganimizda) g‘aybni (ya’ni, kelajakda nima
ishlar bo‘lishini) bilmagan edik.
82. Biz bo‘lib qaytgan shahardan va biz birga ketgan karvondan so‘rab-
surishtirgin. Albatta, bizlar rost so‘zlaguvchilarmiz».
83. (Ular Ya’qub alayhis-salomning oldilariga kelib shu so‘zlarni aytishgach), u
Do'stlaringiz bilan baham: |