bilan bo‘lur. Albatta, Parvardigorim mag‘firatli, mehribondir».
42. Kema ularni tog‘lardek to‘lqinlar orasida olib ketar ekan, Nuh bir chetda
qolgan o‘g‘liga nido qildi: «Ey o‘g‘ilcham, biz bilan birga (kemaga) mingin, u
kofirlar bilan birga qolmagin!»
43. U (o‘g‘li) dedi: «Men o‘zimni suvdan saqlaydigan biron tog‘ning ustiga
chiqib ketajakman», (Nuh) aytdi: «Bugun Allohning amridan saqlaguvchi
yo‘qdir, magar O’zi rahm qilgan kishilarnigina (saqlar)». (Shu payt) o‘rtalarini
to‘lqin to‘sib qo‘ydi-da, (o‘g‘il) g‘arq qilinuvchilardan bo‘lib qoldi.
44. (So‘ngra): «Ey yer, suvingni yutgil, ey samo, o‘zingni tutgin (ya’ni,
«yog‘ishni bas qil»), deyildi. Suv quridi, farmon bajarildi va (kema) Judiy tog‘i
uzra to‘xtadi hamda: «Zolim qavmga xalokat bo‘lg‘ay», deyildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |