65. Ular esa tuyani so‘yib yubordilar. Shunda (Solih) aytdi: «Uy-joylaringizda
uch kun (tiriklik ne’matidan) bahramand bo‘lingiz. Mana shu chin va’dadir».
66. Endi qachonki Bizning farmonimiz (ya’ni, biz yuborgan balo) kelganida,
Solih va U bilan birga iymon keltirgan kishilarga O’z rahmatimiz bilan (u
azobdan) va o‘sha kundagi sharmandaliqdan najot berdik. Albatta,
Parvardigoringiz haqiqiy kuch-qudrat egasidir.
67-68. Zolim kimsalarni esa dahshatli qichqiriq tutib, go‘yo u yerda hech
qachon yashamagandek, turgan joylarida to‘kildilar. Ogoh bo‘lingizkim, albatta
Samud (qabilasi) Parvardigorlariga kofir bo‘lgan edilar. Ogoh bo‘lingizkim,
Samud (qabilasi) halokatga uchradi.
69. Darhaqiqat Bizning elchilarimiz — farishtalar Ibroximga (Ishoq ismli
Do'stlaringiz bilan baham: |