Parvardigorim, shak-shubhasiz, To‘g‘ri yo‘ldadir».
57. «Endi agar (mening da’vatimdan) yuz o‘girsangizlar, bas, men sizlarga
elchi qilib yuborilgan dinni yetkazdim. Parvardigorim (sizlarni halok qilib),
o‘rningizga boshqa qavmni keltirur va sizlar (o‘z kufringiz bilan) U zotga biron
ziyon yetkaza olmassiz. Albatta, Parvardigorim hamma narsani kuzatib
turguvchidir».
58. Qachonki Bizning farmonimiz (ya’ni, azobimiz) kelganida, Hud va u bilan
birga iymon keltirgan kishilarni O’z rahmat-marhamatimiz bilan qutqardik va
ularga qattiq azobdan najot berdik.
59. Parvardigorlarining oyatlarini inkor qilgan, Uning payg‘ambarlariga isyon
kilgan va barcha qaysar, zolimlar amru-farmonlariga bo‘yinsungan ana
Do'stlaringiz bilan baham: |