abadiy qolurlar.
24. Bu ikki guruhning (ya’ni, kofirlar bilan mo‘minlar guruhining) misoli, xuddi
ko‘ru kar bilan ko‘rguvchi va eshitguvchining misolidir. Shu ikkalasi bir-biriga
barobar bo‘lurmi?! Ibrat olmaysizlarmi?!
25-26. Darhaqiqat, Biz Nuhni o‘z qavmiga (payg‘ambar qilib) yubordik. (U
dedi): «Albatta, men sizlar faqat Allohgagina ibodat qilishingiz uchun (kelgan)
xolis ogoxlantirguvchiman. (Agar yolg‘iz Allohdan o‘zga birovga
sig‘insangizlar), sizlarning ustingizga alamli azob kuni (tushishi)dan
qo‘rqaman».
27. Shunda uning qavmi orasidagi kofir bo‘lgan kimsalar: «Bizlar seni xuddi
o‘zimizga o‘xshagan odam, deb bilamiz va senga faqat ichimizdagi pastkash
(yalangoyoq) kimsalar o‘ylamasdan ergashganini ko‘rmoqdamiz. Bizningcha,
sizlarning bizdan biron ortiqchalik joyingiz yo‘q, balki biz sizlarni yolg‘onchi
Do'stlaringiz bilan baham: |