va ular bu dunyoda ziyon ko‘rmaydilar.
16. Unday kimsalar uchun oxiratda do‘zax o‘tidan o‘zga hech qanday nasiba
yo‘qdir. Ularning bu dunyoda qilgan barcha yaxshiliklari behuda ketur va qilib
o‘tgan amallari befoydadir.
17. Ana endi Parvardigori tomonidan aniq hujjatga (ya’ni, Qur’onga) ega
bo‘lgan kishi (faqat hayoti dunyo manfaatlarini ko‘zlovchi kimsalar bilan
barobarmi?!) Holbuki, Alloh tomonidan bo‘lgan shohid (ya’ni, Jabroil farishta)
uning (Muhammad alayhis-salomning) hamrohidir va undan (ya’ni, aniq hujjat
bo‘lgan Qur’ondan) ilgari (Bani Isroil uchun kelgan) peshvo va (Allohning)
marhamati bo‘lgan Musoning Kitobi (Tavrot) bordir. Ana o‘sha zotlar (ya’ni,
aniq hujjat egalari) unga (Qur’onga) iymon keltirurlar. Barcha guruhlar
Do'stlaringiz bilan baham: |