27. Keyin — o‘sha (jangdan) so‘ng Alloh O’zi xoxlagan kishilarning tavbalarini
qabul qilur. Alloh mag‘firatli, mehribondir.
I z o h .
Darhaqiqat, Hunaynda musulmonlarga qarshi jang qilgan Havozin qabilasidan
juda ko‘p kishilar o‘sha jangdan keyin Allohga tavba-tazarru qilib, islomga kirdilar.
28. Ey mo‘minlar, hech shak-shubhasiz, mushriklar nopok kimsalardir, bas,
(ular) bu yildan so‘ng Masjid-al-Haromga yaqin kelmasinlar! Agar sizlar
(mushriklar haj mavsumida Makkaga keltiradigan oziq-ovqatlar va boshqa
narsalar to‘xtab qolishi sababli) kambag‘allikdan qo‘rqsangizlar, (bilingki)
yaqinda (Alloh) xohlasa, O’z fazlu karami bilan sizlarni boy-badavlat qilajak.
Albatta, Alloh bilim va hikmat sohibidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |