qavmidan (buzoqqa sig‘inmagan) yetmish kishini tanlab oldi. Shu payt ularni
dahshatli zilzila tutgan edi, aytdi: «Parvardigorim, agar xohlasang ularni ham,
meni ham ilgari (ya’ni ular buzoqqa sig‘inayotgan paytlarida) halok qilsang
bo‘lur edi. Oramizdagi aqlsiz kimsalarning qilmishlari sababli (endi) bizlarni
halok qilasanmi? Axir bu (ya’ni ularning buzoqqa sig‘inishlari) faqatgina O’zing
xohlagan kishingni u sababli adashtiradigan, xohlagan kishini hidoyat qiladigan
bir imtihoning edi-ku? O’zing hojamizsan, bas, bizni mag‘firat qil, bizlarga
rahm ayla. O’zing mag‘firat qilguvchilarning eng yaxshisidirsan.
156-157. Bizlar uchun bu dunyoda ham, oxiratda ham yaxshilik yozgin.
O’zingga tavba qildik». (Alloh) aytdi: «Azobimni o‘zim xohlagan kimsaga
yetkazurman. Rahmatim — mehribonligim esa hamma narsadan kengdir. Men
Do'stlaringiz bilan baham: |