buyurgin» (dedik). Endi sizlarga itoatsiz kimsalarning diyorini ko‘rsaturman.
146. Endi yerda nohaq kibru havo qilib yuradigan, agar barcha oyat-
mo‘‘jizalarni ko‘rsalar ham, ularga iymon keltirmaydigan, to‘g‘ri - haq yo‘lni
ko‘rsalar uni (o‘zlar uchun) yo‘l qilib olmaydigan, agar zalolat — noto‘g‘ri yo‘lni
ko‘rsalar, uni yo‘l qilib oladigan kimsalarni O’z oyat-mo‘‘jizalarimdan burib
yuborurman (ya’ni anglab yetmaydigan qilib qo‘yurman). Bunga sabab ular
Bizning oyatlarimizni yolg‘on deganlari va u oyatlardan g‘ofil bo‘lib olganlaridir.
147. Bizning oyatlarimizni va oxiratdagi muloqot (qiyomat)ni yolg‘on degan
kimsalarning qilgan amallari behuda ketar. Ular faqat o‘zlarining amallari
(ya’ni kufru isyonlari) bilan jazolanurlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |