avvalgi dinlarda bo‘lgan og‘ir, mashaqqatli ibodatlarni olib tashlab, ularning
o‘rniga oson va yengillarini keltiradi). Bas, unga iymon keltirgan, uni ulug‘lab,
unga yordam qilgan hamda uning (kelishi) bilan nozil qilingan nurga (ya’ni
Qur’onga) ergashgan zotlar — ana o‘shalargina najot topguvchilardir.
158. Ayting (ey Muhammad): «Ey odamlar, albatta men sizlarning
barchangizga Alloh (yuborgan) elchiman. U shunday zotki, samovot va yer
Uning mulkidir. Hech qanday iloh yo‘q, faqat Uning O’zi bordir. Hayot va o‘lim
beradigan ham Uning O’zidir. Bas, Allohga va Uning elchisiga — Alloh va Uning
so‘zlariga ishonadigan ummiy payg‘ambarga iymon keltiringiz va unga
ergashingiz— shoyad hidoyat topursiz».
159, Muso qavmidan shunday jamoat ham borki, haq (so‘z) bilan (odamlarni)
Do'stlaringiz bilan baham: |