123. (Xuddi Makka zodagonlarini fosiq-itoatsiz kimsalar qilganimiz kabi) har
bir qishloqda o‘sha joyning kattalarini hiyla-nayranglar qiladigan jinoyatchilar
qilib qo‘ydik. Ular faqat o‘zlarinigina aldaydilar, xolos, lekin o‘zlari sezmaydilar.
124. Qachon ularga (Muhammad alayhis-salomning payg‘ambar ekanligi
haqida) biron oyat kelsa: «To bizga ham Allohning payg‘ambarlariga berilgan
oyatlarga o‘xshash oyatlar berilmaguncha hargiz iymon keltirmaymiz»,
deydilar. Alloh payg‘ambarlik vazifasini qaerga qo‘yishni yaxshiroq
bilguvchidir. Yaqinda bunday jinoyatkorlarga qilib o‘tgan hiyla-nayranglari
sababli Alloh huzurida xorlik va qattiq azob yetajakdir.
125. Alloh kimni hidoyat qilishni istasa uning ko‘nglini Islom uchun keng qilib
qo‘yar. Kimni adashtirishni istasa, uning ko‘nglini xuddi osmonga ko‘tarilib
Do'stlaringiz bilan baham: |