keltirurlar). Lekin ularning ko‘plari (buni) bilmaydilar.
112. Shuningdek, har bir payg‘ambar uchun insu jin(dan bo‘lgan) shaytonlarni
dushman qilib qo‘ydik. Ular bir-birlarini aldash uchun go‘zal (yaltiroq) so‘zlar
bilan vasvasa qiladilar. Agar Parvardigoringiz xohlasa, unday qilmagan bo‘lur
edilar. Bas, ularni tuhmat, bo‘htonlari bilan birga tark qiling!
113. Unday so‘zlarga oxiratga ishonmaydigan kimsalarning dillari moyil bo‘lishi
uchun va o‘sha so‘zlarga rozi bo‘lishib, o‘zlari qilmoqchi bo‘lgan gunohlarini
qilishlari uchun (u shaytonlar vasvasa qiladilar).
I z o h .
Rivoyat qilishlaricha, Makka mushriklari payg‘ambar alayhis-salomga o‘zining
payg‘ambarligini isbotlash uchun yahudiy, nasroniylardan hakam tayinlashni taklif
qilganlarida quyidagi oyat nozil bo‘lgan ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |