104. Qachon ularga: «Alloh nozil qilgan narsaga va payg‘ambarga kelinglar»,
deyilsa, ular: «Biz uchun ota-bobolarimizni nimaning (ya’ni qaysi dinning)
ustida topgan bo‘lsak, o‘sha yetarli», deyishadi. Agar ota-bobolari hech narsani
bilmaydigan va haq yo‘lni topa olmaydigan bo‘lsalar ham-a?!
105. Ey mo‘minlar, o‘zingizni bilingiz! (Ya’ni gunohlardan saqlaningiz!)
Modomiki, haq yo‘lni tutgan ekansiz, adashgan kimsalar sizlarga zarar yetkaza
olmas. Barchangiz ham Allohga qaytishingiz bordir. Ana o‘shanda Alloh sizlarga
qilib o‘tgan amallaringizning xabarini berur.
I z o h .
Bu oyatni payg‘ambar alayhis-salom shunday sharxlagan ekanlar: «Yaxshilikka
yuringiz, yomonlikdan qaytingiz. Qachon odamlarning baxillikka, nafsu havoga va molu
dunyoga berilib ketganlarini ko‘rsangiz, o‘zingizni bu illatlardan saqlangiz, shunda
ularning qilgan ishlarining sizga zarari bo‘lmaydi».
Qur’oni karim. Alouddin Mansur tarjimasi
www.ziyouz.com
kutubxonasi
97
Do'stlaringiz bilan baham: |