1. (Ey Muhammad), albatta Biz sizga Kavsarni ato etdik.
2. Bas, siz Parvardigoringiz uchun namoz o‘qing va (jonlik) so‘yib-qurbonliq
qiling!
3. Albatta sizni yomon ko‘rguvchi kimsaning dumi qirqilgandir (ya’ni benomu-
benishon bo‘lib ketguvchidir)!
KOFIRUN SURASI
Bu sura ham Makkada nozil qilingan bo‘lib, olti oyatdir.
Bu surada Islom dini kuchayib, tarqalib ketayotganini ko‘rib, xavotirga tushib qolgan
kofirlar payg‘ambar alayhis-salomni ham, sahobalarni ham bu To‘g‘ri yo‘ldan chalg‘itish
g‘arazida u kishining oldilariga kelib: «Ey Muhammad, kel, bizlar sening xudoyingni tan
olib, unga ham ibodat qilaylik, sen ham o‘z xudoyingga qo‘shib, bizlarning butlarimizga
ham sig‘ingin», deyishganida nozil bo‘lgandir. Bu suradan ko‘zda tutilgan maqsad –
Payg‘ambar alayhis-salomni ham, u zotning to Qiyomatgacha keladigan barcha
ummatlarini ham kofirlarning bunday nayranglariga uchmaslikka va yolg‘iz Alloh
taologagina ibodat qilishga da’vat etishdir.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
Do'stlaringiz bilan baham: |