bilguvchi Zotdirki, rahmatini (ya’ni payg‘ambarlikni) O’zi istagan kishiga xos
qilib beradi. Alloh ulug‘ fazlu marhamat sohibidir».
75. Ahli kitob orasida shunday kishilar borki, unga behisob molni omonat
qo‘ysangiz, xiyonat qilmay sizga qaytaradi. Ularning orasidy yana shundaylari
ham borki, unga bir dinorni ishonib bersangiz, to ustida turib olmaguningizcha
sizga qaytib bermaydi. Buning boisi – ularning «omiy-kitobsiz kimsalar uchun
bizning ustimizga hech qanday yo‘l yo‘q», deyishlaridir. (Ya’ni, ayrim
yahudiylar o‘zlaridan boshqalarni past tabaqa hisoblab: «Biz Allohning suygan
bandalarimiz, demak, boshqa millatlarning mollari biz uchun halol», der
edilar.) Ular bilib turib Alloh haqida yolg‘on so‘zlarni so‘zlaydilar.
76. Yo‘q! (Ularning da’volari botildir.) Balki kim ahdiga vafo qilsa va taqvodor
Do'stlaringiz bilan baham: |