«Biz uchun bir podshoh tayinlagin, biz (u bilan birga) Alloh yo‘lida jang
qilaylik», deyishdi. «Agar sizlarga urush farz qilinsa, ehtimol urushmassiz?» —
dedi (payg‘ambar). Ular aytdilar: «Diyorimizdan haydalib, bolalarimizdan
(ajralib) turibmiz-ku, nega Alloh yo‘lida urushmas ekanmiz?» Qachonki ularga
urush farz qilinganda ozgina kishidan tashqari hammalari bosh tortdilar. Alloh
zulm qilguvchilarni bilguvchidir.
247. Payg‘ambarlari ularga aytdi: «Albatta Alloh sizlarga Tolutni podshoh qilib
tayinladi». «U qayoqdan bizga podshohlik qilsin, axir biz podshohlikka undan
haqliroqmiz-ku, qolavsrsa, unga keng-katta mol-davlat ato qilinmagan bo‘lsa»,
deyishdi. Payg‘ambar aytdi: «Albatta Alloh uni sizlarning ustingizga sayladi va
unga ilmda va jismda quvvatni ziyoda qildi. Alloh mulkini O’zi istagan kishiga
Do'stlaringiz bilan baham: |