260. Eslang (ey Muhammad), Ibrohim: «Parvardigor, menga o‘liklarni qanday
qilib tiriltirishingni ko‘rsat», deganida, Alloh: «Ishonmaysanmi?» — dedi.
Ibrohim aytdi: «Yo‘q, ishonaman-ku, lekin dilim yana ham taskin topishi
uchun». Alloh aytdi: «To‘rtta qushni olib, o‘zingga burgin (va ularni bosh,
oyoq, qanot va patlarini tortib, uzib, so‘ngra bir-birlariga aralashtirib), keyin
(atrofdagi tog‘lardan) har bir tog‘ning ustiga ularni bo‘lak-bo‘lak qilib qo‘ygin
va shundan so‘ng ularni chaqirgin, darhol keladilar. Bilgilki, Alloh shubhasiz
qudratli va hikmatlidir».
261. Alloh yo‘lida mollarini infoq-ehson qiladigan kishilarning misoli xuddi har
bir boshog‘ida yuztadan doni bo‘lgan yettita boshoqni undirib chiqargan bir
dona donga o‘xshaydi. (Ya’ni, qilingan bir yaxshilik yetti yuz barobar bo‘lib
qaytishiga ishora qilinmoqda.) Alloh istagan kishilariga, bir necha barobar qilib
Do'stlaringiz bilan baham: |