236. Agar xotinlaringizni ularga qo‘l tekizmay turib yoki ular uchun mahr
belgilamay turib taloq qilsangiz (ham) sizlar uchun gunoh yo‘qdir. Va (bu
xolda) ularni boy boricha, yo‘q holicha yaxshilik qilish bilan foydalantiring! (Bu
hukm) yaxshilik qilguvchilar zimmasiga burch bo‘ldi.
237. Agar ularni mahrni belgilab qo‘ygan holingizda qo‘l tegizishdan ilgari taloq
qilsangizlar, belgilangan mahrning yarmi (zimmangizdadir). Magar ular (yarim
mahrni olishdan) kechib yuborsa yoki nikoh qo‘lida bo‘lgan zot (ya’ni er o‘ziga
qaytgan yarim mahrdan) kechsa, (ya’ni butun mahrni to‘lasa joizdir). Kechib
yuborishingiz taqvoga yaqinroq ishdir. O’zaro bir-birlaringizga fazlu karam
qilishni unutmangiz! Albatta Alloh qilayotgan amallaringizni ko‘rguvchidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |