yaxshiroqdir. Shoyad eslatma-ibrat olsangizlar.
28. Endi agar u (uylarda) hech kimni topmasangizlar, u holda to sizlarga izn
berilmaguncha, ularga kirmangiz! Agar sizlarga «qaytinglar», deyilsa (ya’ni
kirishga izn berilmasa) qaytib ketinglar! Shu sizlar uchun eng toza (yo‘ldir).
Alloh qilayotgan amallaringizni bilguvchidir.
29. (Birov uchun) maskan bo‘lmagan (mehmonxona, karvonsaroy kabi) sizlar
foydalanadigan uylarga (izn so‘ramasdan) kirishlaringizda sizlarga gunoh
yo‘qdir. Alloh oshkor qilayotgan narsangizni ham, yashirayotgan narsangizni
ham bilur.
30. (Ey Muhammad), mo‘minlarga ayting, ko‘zlarini (nomahram ayollarga
tikishdan) to‘ssinlar va avratlarini (haromdan) saqlasinlar! Mana shu ular
Do'stlaringiz bilan baham: |