41. (Ey Muhammad), Allohga osmonlar va yerdagi bor jonzot ham, (samoda)
saf tortgan qushlar ham tasbeh aytib — poklashini ko‘rmadingizmi? Aniqki,
(Alloh) barchaning duoyu tasbehini bilib turur. Alloh ularning qilayotgan
(barcha) ishlarini bilguvchidir.
42. Osmonlar va yerning podshohligi Allohnikidir. Yolg‘iz Allohga qaytish
bordir.
43. Alloh bulutlarni haydashni, so‘ngra ularni birlashtirishni, so‘ngra ularni
ustma-ust qilishini ko‘rmadingizmi? So‘ng (bulut) orasidan yomg‘ir
chiqayotganini ko‘rursiz. (Alloh) osmondan — undagi (bulutlar) tog‘idan do‘l
yog‘dirib, uning (ziyonini) O’zi xohlagan kishilarga yetkazur va O’zi xohlagan
kishilardan nari ketkazur. Uning chaqmog‘ining yorug‘ligi (qaragan) ko‘zlarni
ketkazgudek bo‘lur.
Do'stlaringiz bilan baham: |