Maqola yozishga tayyormisiz? Ma’rufjon Yuldashev, filologiya fanlari doktori



Download 10,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana31.12.2021
Hajmi10,34 Mb.
#217045
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MAQOLA HAQIDA MAQOLA



MAQOLA YOZISHGA TAYYORMISIZ?

Ma’rufjon Yuldashevfilologiya fanlari doktori


MAQOLA YOZISHGA TAYYORMISIZ?

Maqola yozishni o‘rganish, avvalo fikrlashni o‘rganish demakdir.

(Amiel Suche)

1. Maqsadingiz baland bo‘lsin!

O‘zingiz qiziqadigan sohaga oid adabiyotlarni muntazam kuzatib borishni odat qiling. Biror sonini o‘tkazib yuborsangiz eng qiymatli narsangizni

yo‘qotib qo‘ygandek behuzur bo‘ling. Kun tartibida qanday ilmiy munozaralar borayotgani, qaysi mavzularda jiddiy tadqiqotlar qilinayotgani, qanday

monografiya va risolalar chop etilgani haqida xabardor bo‘lishni o‘rganing. Bularni do‘stlaringiz bilan muhokama qiling, ilmiy suhbatlar quring. Boshqa

tillardagi maqolalarni ham oʻqib mushohada qilishga harakat qiling. “Praga to‘garagi”, “Fransuz to‘garagi”, “Metforistlar”, “Yangilar to‘garagi” bularning bari

universitetning idealist talabalari o‘zaro ilmiy suhbatlari natijasida paydo boʻlgan va dunyo faniga yangi ufqlarni ochgan, filologiyaning taraqqiyotini

jadalashtirib yuborgan toza kuch boʻlganlar. Imom G‘azzoliy deydiki: “Uzoq manzillarga yetmoq uchun yaqin masofalarni oshmoq kerak.” Niyatlari ezgu,

xayollari baland, ilm choʻqqilarini zabt etishga ishtiyoqi yuksak yoshlar birlashsa, muayyan mavzular ustida fikr yuritsalar oʻzbek fanining yangi davrini

boshlab berishdek vazifani zimmalariga olgan boʻladilar. Har asrda, ma’lum davrlar oraligʻida har qanday sohada yangi nafaslarga, yangi soʻzga, toza ovozga,

avvalgilarga oʻxshamagan fikrlarga ehtiyoj seziladi. Din ilmida bunday insonlarni mujtahid va mujaddidlar deyishadi. Mujtahidlar hijratdan keyingi 400 yil

mobaynida mavjud edi va undan soʻng ehtiyoj qolmadi. Qiyomatga qadar aytiladigan soʻz aytib boʻlindi. Buyogʻiga endi bu vazifani mujaddidlar oʻz

zimmasiga oladi. Hadisi sharifda “Har yuz yilda bir mujaddid keladi va ummatimning ishlarini yangilab boradi” deyiladi. Mujaddidlar zamon tufayli paydo

boʻladigan savollarga javob izlaydi. Yangicha qarash nuqtalarini kashf etadi va koʻrsatib beradi.

Dunyoviy ilmda ham vaqti vaqti bilan zamon taraqqiyotiga hamohang fanda oʻzi yashayotgan davrga va oʻzidan keyingilarga ilhom beradigan

olimlar – mujaddidlar yetishib chiqadi. Koʻpincha bu holat bir necha oydin fikrli kishilar birgalashganda namoyon boʻladi va biz bunday jamoa faoliyatining

hosilasini ilmiy maktab deymiz.

Istardimki, ma’naviyat universitetining iqtidorli talabalari ana shunday ilmiy maktablarga asos soladilar.




Download 10,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish