va To‘g‘ri yo‘lga hidoyat qildi.
123. (Alloh) aytdi: (Undan (ya’ni jannatdan) har ikkingiz tushingiz. Ayrim
(zurriyotlaringiz) ayrimlariga dushmandir. Bas, sizlarga Men tarafdan hidoyat
kelganida kim Mening hidoyatimga ergashsa, yo‘ldan ozmas va baxtsiz
bo‘lmas.
124. Kim Mening eslatmamdan yuz o‘girsa, bas, albatta uning uchun tang –
baxtsiz hayot bo‘lur va Biz uni qiyomat kunida ko‘r holda tiriltirurmiz».
125. U: «Parvardigorim, nega meni ko‘r qilib tiriltirding, axir ko‘rar edim-ku»,
degan edi,
126. (Alloh) aytdi: «Shunday. Senga Bizning oyat-mo‘‘jizalarimiz kelganida
ularni unutding. Bugun sen ham ana shunday «unutilursan».
127. Haddan oshgan va Parvardigorining oyatlariga iymon keltirmagan
Do'stlaringiz bilan baham: |