sajdaga egildilar, faqat iblis bosh tortdi.
117. Bas, Biz aytdik: «Ey Odam, albatta bu (iblis) senga ham, xotiningga ham
dushmandir. Bas, u ikkovingizni jannatdan chiqarib, baxtsiz bo‘lib qolmagin.
118. Shubhasiz sen u joyda (ya’ni jannatda) och-yalang‘och qolmaysan.
119. Va u joyda tashna ham bo‘lmaysan, issiqda ham qolmaysan».
120. So‘ng shayton unga vasvasa qilib: «Ey Odam, men senga abadiyat
daraxtini va yo‘q bo‘lmas mulku davlatni ko‘rsataymi?» dedi.
121. Bas, (Odam bilan Havvo) undan yeyishlari bilan avratlari ochilib qoldi va
o‘zlarini jannat yaproqlari bilan to‘sa boshladilar. Odam Parvardigoriga osiy
bo‘lib, yo‘ldan ozdi.
122. So‘ngra Parvardigori uni saylab – O’ziga yaqin qilib, tavbasini qabul etdi
Do'stlaringiz bilan baham: |