mangu hayot kechirguvchi ham emas edilar.
9. So‘ngra Biz (bergan) va’damizga vafo qilib, u (payg‘ambar)larga O’zimiz
xohlagan (iymonli) kishilar bilan birga najot berganmiz, haddan oshuvchi
kimsalarni — kofirlarni esa halok qilganmiz.
10. Darhaqiqat Biz sizlarga bir Kitob — Qur’on nozil qildikki, unda sizlar uchun
zikr (ya’ni sha’nu sharaf) bordir. (Chunki u sizlarning tilingizda nozil qilindi).
Aql yurgizmaysizlarmi?!
11. Qancha zolim-kofir bo‘lgan qishloq-shaharlarning (ahlini) halok qildik va
ularning ortidan (butunlay) boshqa qavm-avlodni vujudga keltirdik.
12. Bas, qachonki ular (ya’ni halok qilingan kimsalar halokatlari oldida) Bizning
azobimiz (tushishini) sezib qolishgach, banogoh u joydan qochib qolurlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |