so‘rasalar, eritilgan (dog‘langan) yog‘ kabi yuzlarni kuydirguvchi suv berilur.
Naqadar yomon ichimlik u, naqadar yomon joy u!
30. Iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlar esa, shak-shubhasiz - Biz
(ular kabi) chiroyli amallar qilgan kishilarning ajr-mukofotini zoe qilmasmiz.
31. Ular uchun ostlaridan daryolar oqib turadigan abadiy jannatlar bor bo‘lib,
ular u joyda oltindan bo‘lgan bilakuzuklar bilan bezanurlar va ipak-shoyilardan
bo‘lgan, yashnab turuvchi liboslar kiyib, so‘rilarda yastanib o‘tirurlar. Naqadar
yaxshi mukofot u, naqadar go‘zal joy u!
32. (Ey Muhammad, kofirlarga) ikki kishi (haqidagi) masalni keltiring. Ulardan
biri uchun ikki uzumzor bog‘ qilib, u ikkisini xurmozor bilan o‘ragan va
o‘rtalarini ekinzor qilgan edik.
Do'stlaringiz bilan baham: |