so‘zlar tinguncha) zindonband qilib turish ma’qul ko‘rindi.
36. Zindonga u bilan birga yana ikki yigit tushgan edi. Ulardan biri (ya’ni, ilgari
hokimning soqiysi bo‘lgan yigit): «Men tushimda sharob tayyorlayotgan
emishman», dedi. Boshqasi esa (ya’ni, ilgari hokimning novvoyi bo‘lgan yigit):
«Men boshim ustida non ko‘tarib turganmishman, qushlar undan yeyayotgan
emishlar. Sen bizga shuning ta’birini aytib bersang. Biz sening chiroyli amallar
qilguvchi kishi ekanligingni ko‘rib turibmiz», dedi.
37. (Yusuf) aytdi: «Men sizlarga rizq bo‘ladigan (har qanday) taom oldingizga
kelishidan ilgari uning qanday taom ekanini ta’vilini aytib bera olaman. Bu
Parvardigorim menga bildirgan narsalardandir. Chunki men Allohga iymon
keltirmaydigan va oxiratni mutlaqo inkor qiluvchi qavmning millati – dinini tark
Do'stlaringiz bilan baham: |