yodidan chiqarib, (Yusuf) bir necha yil zindonda qolib ketdi.
43. (Kunlarning birida Misr mamlakatining) shohi (Rayyon binni-l-Valid): «Men
tushimda yettita oriq sigir yettita semiz sigirni yeyayotganini va yettita yashil
boshoq bilan birga boshqa qurigan (etti boshoq) ni ko‘rdim. A’yonlarim, agar
tushlarning tabirini ayta oluvchi bo‘lsangizlar, bu tushimning ta’birini (menga)
aytinglar-chi», dedi.
44. Ular dedilar: «Bu aloq-chaloq tushlar ekan. Biz bunday tushlarning ta’birini
bilguvchi emasmiz».
45. (Shunda) haligi ikki (mahbus)ning zindondan qutulib chiqqani, shuncha
muddat o‘tgach, endi (Yusufning so‘zlari) yodiga tushib, dedi: «Uning ta’birini
sizlarga men aytib berurman, faqat meni (zindonda yotgan Yusufning oldiga)
Do'stlaringiz bilan baham: |