14. Ular dedilar: «Kasamki, agar biz butun bir jamoat bo‘lgan xolimizda
(g‘aflatda qolib) uni bo‘ri yeb ketsa, demak, biz, shak-shubhasiz, ziyon
ko‘rguvchi — halok bo‘lguvchilardirmiz».
15. Bas, kachonki uni olib ketishib, so‘ngra quduq qa’riga tashlashga qasd
qilgan vaqtlarida, Biz unga (Yusufga): «Sen albatta (vaqti kelib) og‘a-
inilaringga bu qilmishlari haqida xabar berursan. Ular (o‘shanda, sen Yusuf
ekaningni) sezmaydilar ham», deb vahiy qildik.
16-17. Ular kechqurun otalari oldiga yig‘lagan hollarida kelishib: «Ey ota, bizlar
Yusufni narsalarimiz oldida qoldirib quvlashib ketgan edik, uni bo‘ri yeb
ketibdi. Endi rost gapirsak ham sen bizlarga aslo ishonmaysan», dedilar.
18. Va uning (Yusufning) ko‘ylagini yolg‘on qonga (ya’ni bir qo‘yni so‘yishib
Do'stlaringiz bilan baham: |