113. Zulm yo‘lini tutgan kimsalarga berilib ketmanglar (ergashmanglar). Aks
holda sizlarga do‘zax o‘ti yetar. Sizlar uchun Allohdan o‘zga biron do‘st yo‘qdir.
Keyin (ya’ni zolimlarga ergashsangiz) sizlarga yordam berilmas.
114. Kunduzning har ikki tarafida va kechadan bir bo‘lagida namozni to‘kis ado
qiling! Albatta, yaxshi amallar yomonlik-gunohlarni ketkazur. Bu quloq
tutguvchilar uchun eslatmadir.
115. (Ey Muhammad, mashaqqat va ozorlarga) sabr qiling! Zotan, Alloh chiroyli
amal qilguvchilarning ajr-mukofotlarini zoe etmas.
116. Bas, sizlardan avvalgi asrlarda o‘tganlar orasida ham yerda
buzg‘unchilikdan qaytaradigan boqiy (din) egalari bo‘lganlarida edi. Ularning
ichlarida faqat Biz najot bergan kamdan-kam kishilargina (shunday zotlar
edilar). Zolim kimsalar esa o‘z maishatlariga berilib ketdilar va jinoyatchi bo‘lib
Do'stlaringiz bilan baham: |