Siz ilgari qaragan qiblani Biz faqatgina kim payg‘ambarga ergashib, kim
orqasiga qaytib ketishini bilish uchun qilganmiz, xolos. Shubhasiz, bu og‘ir ish.
Magar Alloh hidoyat qilgan zotlargagina (og‘ir emasdir). Alloh iymonlaringizni
(ya’ni, iymon bilan o‘qigan namozlaringizni) zoe qilguvchi emas. Albatta, Alloh
odamlarga mehribon va rahmlidir.
I z o h .
Arablar uchun Ka’ba Ibrohim payg‘ambar zamonlaridan buyon muqaddas
sanalar edi. Muhammad alayhis-salom Madinaga hijrat qilishidan ilgari musulmonlar
mana shu Ka’baga yuzlanib ibodat qilardilar. Madinaga ko‘chganidan keyin esa ularning
iymonlarini sinash uchun boshqa tarafga — Quddusga qarab namoz o‘qish buyurildi.
Hijratning o‘n yettinchi oyida qaytadan Makkaga yuzlanishga amr qilinib quyidagi oyat
nozil bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |