Qur’oni karim.
Alouddin Mansur tarjimasi
www.ziyouz.com
kutubxonasi
17
IKKINCHI JUZ’
*************************
142. Odamlardan aqlsizlari: «Ular (musulmonlar)ni ilgari qaragan qiblalaridan
qanday narsa yuz o‘girtirdi?» — deydilar. Ayting: «Mashriq ham, Mag‘rib ham
Allohnikidir. U O’zi xohlagan kishilarni haq yo‘lga hidoyat qiladi».
I z o h .
Musulmonlar Madinaga kelgan dastlabki davrlarda Quddusga qarab namoz o‘qir
edilar. Quddus yahudiylarning qiblasi bo‘lgani uchun musulmonlar ham o‘sha tarafga
qarab ibodat qilayotganlaridan ular juda g‘ururlanib yurardilar. Qachonki musulmonlarga
Makka tarafga yuzlanib sajda qilish buyurilganda yahudiylar yuqoridagi so‘zlarni aytdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: