1. (Ey Muhammad), Parvardigoringiz fil egalarini qanday (halok) qilganini
ko‘rmadingizmi?
2. U zot ularning (Ka’batullohni vayron qilish uchun qo‘llagan barcha) hiyla-
nayranglarini barobod qilmadimi?
3-4. U zot ularning ustiga sopoldan bo‘lgan toshlarni otadigan to‘p-to‘p
qushlarni yuborib,
5. Ularni (qurt-qumursqalar tomonidan) chaynab tashlangan somon kabi (ilma-
teshik) qilib yubordi!
I z o h.
Rivoyat qilinishicha, qushlar tomonidan otilgan har bir tosh bir kofirning
boshidan teshib kirib, ostidan chiqib ketgan ekan.
QURAYSH SURASI
Bu sura Makka suralaridan bo‘lib, to‘rt oyatdir. Bu surada payg‘ambar alayhis-salomning
qabilalari bo‘lmish Quraysh qabilasiga Alloh taolo tomonidan ato etilgan ikki ulug‘ ne’mat
– tinchlik-omonlik va to‘qlik-farovonlik ne’matlari zikr qilinib, qurayshliklarni mana
shunday rohat-farog‘atda yashashlariga sababchi bo‘lgan Baytullohning Parvardigoriga
ibodat qilishga da’vat etiladi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
Do'stlaringiz bilan baham: |