unga ne’mat ato etsa darhol: «Parvardigorim (izzat-hurmatga loyiq bo‘lganim
uchun) meni aziz qildi», der.
16. Endi qachon (Parvardigori) uni imtihon qilib, rizqini tang kilib qo‘ysa,
darhol: «Parvardigorim meni xor qildi», der.
17. Yo‘q, (sizlar gumon qilganlaringizdek izzat-ikrom boylik bilan, xor-zor qilish
— kambag‘allik bilan bo‘lmas)!
I z o h .
Alloh taolo birovni yaxshi ko‘rgani uchun boy qilib, yoki boshqa birovni yomon
ko‘rgani uchun kambag‘al qilib qo‘ymaydi. Umuman, agar Alloh nazdida mol-dunyoning
pashshaning qanoticha hurmati bo‘lganida, kofirga undan bir chaqa ham bermagan
bo‘lur edi. Lekin Alloh taolo insonlarni shukr qiladilarmi-yo‘qmi sinovdan o‘tkazish uchun
rizqlarini tang qilib qo‘yadi. Demak insonning boylik bilan suyunib, kambag‘allik bilan
kuyinib ketishi noto‘g‘ridir.
Oyatning davomida endi Makka kofirlariga xitob qilinib, ularning o‘ta ochko‘z va xisis
kimsalar ekanliklari, birovning haqqidan hazar qilmasliklari va halol-haromning farqiga
bormasliklari fosh qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |