kimsalar bo‘lmish Samud (qabilasini qanday halokatga duchor qilganini-chi)?
10. Qoziqlar (ya’ni yerga qoziqdek qoqilgan baland ehromlar va qasrlar) egasi
bo‘lgan Fir’avnni (qanday halokatga duchor qilganini-chi)?
11-12. Ular yurtlarida hadlaridan oshib, u joylarda buzg‘unchilikni ko‘paytirib
yuborgan edilar.
13. Bas, Parvardigoringiz ularning ustiga turli azob-ofatni yog‘dirdi!
14. Shak-shubhasiz Parvardigoringiz (barcha narsani) kuzatib turguvchidir.
I z o h. Yuqoridagi oyatlarda kufru isyonlari sababli halokatga duchor bo‘lgan
qavm va qabilalar zikri o‘tgach, endi baxt-saodatni mol-dunyo bilan
o‘lchaydigan kofir kimsalar haqida xabar beriladi.
15. Bas, endi inson — qachon Parvardigori uni imtihon qilib, aziz qilib qo‘ysa va
Do'stlaringiz bilan baham: |