Ey, mo'minlar, na mol-dunyolaringiz va na farzandlaringiz sizlarni Allohning zikridan (Unga ibodat qilishdan) chalg'itib qo'ymasin! Kimki shunday qilsa, bas, ana o'shalar ziyon ko'ruvchi kimsalardir.
Sizlarning (har) biringizga o'lim kelganda: "Ey, Rabbim, meni ozgina (hayotda) qoldirsang, men sadaqa qilib, solih (banda)lardan bo'lsam", - deb qolishidan ilgari Biz sizlarga rizq qilib bergan narsalardan ehson qilingiz!
Alloh biror jonni ajali kelganida kechga qoldirmas. Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir.
TAG'OBUN SURASI
Tag'obun - bir-birini muomalada aldashdir. Surada qiyomat kuni va qayta tirilishning haqligi, bu dunyoning bevafo va muvaqqatligi, Payg'ambarga itoat qilishga da'vat va boshqa ilohiy ko'rsatmalar o'z ifodasini topgan.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
Osmonlardagi va Yerdagi (bor) narsa Allohga tasbeh aytur. Hukmronlik faqat Unikidir va hamd yolg'iz Unga xosdir. U har narsaga qodirdir.
U sizlarni yaratgan zotdir. Bas, sizlardan (ba'zilaringiz) kofir va sizlardan (ba'zilaringiz) mo'mindir. Alloh qilayotgan amallaringizni ko'rib turuvchidir.
U osmonlar va Yerni Haq (hikmat) bilan yaratdi va sizlarga surat (shakl) berdi - suratlaringizni go'zal qildi. Qaytish faqat Uning huzurigadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |