Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc



Download 0,82 Mb.
bet333/354
Sana16.06.2022
Hajmi0,82 Mb.
#678056
1   ...   329   330   331   332   333   334   335   336   ...   354
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt543

Bas, ular o'z gunohlarini (shu tarzda) e'tirof etadilar. Endi, do'zax ahliga halokat bo'lgay!




  1. Parvardigorlaridan g'oyibona qo'rqadigan zotlar uchun maqfirat va katta mukofot bordir.

13.(Ey, insonlar,) sizlar so'zlaringizni yashiringlar yoki oshkora qilinglar, (baribir,) U dillardagi sirlarni


ham biluvchidir.



  1. (Axir) yaratgan zot (O'zi yaratgan narsalarini) bilmaydimi?! U lutfli va xabardor zotdir.




  1. U (Alloh) sizlarga yerni xoksor (bo'ysunuvchi) qilib qo'ygan zotdir. Bas, u (Yer)ning har tomonida (sayohat, tijorat yoki dehqonchilik qilib) yuraveringlar va (Allohning bergan) rizqidan yenglar. Tirilib chiqish Uning huzurigadir.




  1. (Ey, Makka kofirlari,) yo sizlar osmondagi zot sizlarni yerga yuttirib yuborishidan, bas, birdaniga (yer) larzaga kelishidan (sizlarni halok qilishidan) xotirjammisizlar (qo'rqmaysizlarmi)?!




  1. Yoki sizlar "osmondagi" zot ustingizga tosh yog'dirishidan xotirjammisizlar?! Hali (azob kelganda), Mening ogohlantirishim qanday ekanligini bilib olajaksizlar!




  1. Darvoqe, ulardan avvalgi kimsalar ham (o'z payg'ambarlarini) yolg'onchiga chiqargandilar. Bas, Mening inkorim (azobim) qanday bo'ldi?!




  1. Ular ustilarida (qanotlarini) yoyuvchi va yiqqan holda (uchib yurgan) qushlarni ko'rmadilarmi?! U (qush)larni yolg'iz Rahmongina (samoda) tutib turar. Albatta, U barcha narsani ko'rib turuvchidir.




  1. (Ey, mushriklar,) Rahmondan o'zga sizlarga yordam beradigan qo'shiningiz kim ekan o'zi?! Kofirlar faqat mag'rurlikdadirlar.




  1. Yoki (Rahmon) O'z rizqini to'xtatib qo'ysa, sizlarga rizq beradigan o'sha zot kim o'zi?! Yo'q, ular (kofirlar) qaysarlikda va (haqdan) yiroqlashishda davom etdilar.




  1. Axir, yuz tuban (yerga qarab) yuradigan kimsa Haq yo'lni topuvchiroqmi yoki tik holda to'g'ri yo'lda yuradigan kishimi?!




  1. (Ey, Muhammad, u (kofirlarga) ayting: "U (Alloh) sizlarni paydo qilgan va sizlar uchun quloq, ko'zlar va dillarni (ato) qilgan zotdir. (Sizlar esa) kamdan-kam shukr qilursizlar".




  1. Ayting: "U sizlarni Yer (yuzi)da yaratib qo'ygan zotdir. Sizlar (Qiyomatda) Uning huzuriga to'planursizlar".




  1. Ular: "Agar rostgo'y bo'lsangizlar, (aytinglarchi) ushbu va'da (Qiyomat kuni) qachon bo'ladi?" - derlar.




  1. (Ey, Muhammad, ularga) ayting: "(Qiyomat haqidagi) bilim, albatta, Allohning huzuridadir. Men faqat aniq ogohlantiruvchidirman.




  1. Bas, qachonki, ular (Qiyomatda azobni) yaqin holda ko'rishgach, u kofirlarning yuzlari shuvit bo'lur va (ularga): "Mana shu sizlar so'ragan narsadir", - deyilur.




  1. (Kofirlarga) ayting: "Xabar beringiz-chi, agar Alloh meni va men bilan birga bo'lgan kishilarni halok qilsa yoki (halok qilmay) bizlarga shafqat qilsa (O'zining ixtiyoridadir). Ammo, kofirlarni (sizlarni) alamli azobdan kim himoya qilur?!




  1. Ayting: "U Rahmon (mehribon)dir. Bizlar Unga imon keltirdik va Ungagina tavakkul qildik. Hali sizlar kim aniq zalolatda ekanini bilib olajaksizlar".




  1. Ayting: "Xabar beringiz-chi, agar suvingiz (yer qariga) singib ketsa, bas, kim sizlarga oqin suvni

keltira olur?!"
QALAM SURASI

Surada qalam va yozuv qurollarining sha'ni ulug'lanadi va ular bilan qasamyod etib, Alloh taolo O'z payg'ambarlarining haq ekanini, mushriklar inkori va bo'htonlari botil ekanini isbotlaydi. Surada baxillik qoralanadi va uning yomon oqibatlari ifoda etiladi. Undagi oyatlarda insoniyat uchun muhim ilohiy o'gitlar mavjud.




Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).



  1. Nun. Qalam va (u bilan) yozishadigan narsa (bitik)larga qasamki,



Izoh: Bitadiganlar farishtalar yoki insonlar bo'lishi mumkin. Har ikki tafsir ham o'rinlidir.



  1. (ey, Muhammad,) Siz Rabbingizning ne'mati bois majnun emasdirsiz!




  1. Albatta, Sizga (sabr qilganingiz uchun) tuganmas mukofot bordir.




  1. Albatta, Siz buyuk xulq uzradirsiz!



Izoh: Buyuk xulqning ma'nolari haqida turli tafsirlar bor. Avvalo xulq bu yerda o'zining asl ma'nosida ishlatilgani ma'qul. Hadisi sharifda Rasulullohning o'zlari: "Men makorimi axloqni takomillashtirish uchun yuborilganman", - deganlar. Siyrat va shamoillarga doir asarlardagi ma'lumotlar ham shunga dalolat qiladi. Xullas, Muhammad (a. s.) komil inson, buyuk xulq egasi deb atalishiga loyiq ekanliklarida hech qanday shubha bo'lishi mumkin emas. Boshqacha tafsir qiluvchilar bu oyatdagi buyuk xulqdan murod - Qur'on yoki ulug' din, ya'ni, islom dini deb yozadilar. Har holda o'quvchi bulardan qaysinisi munosibroq ekani to'g'risida o'zi ham fikr yuritar degan umiddamiz.



  1. Hali yaqinda ko'rajaksiz va ular ham ko'rajaklar




  1. qaysilaringiz (Sizmi yoki ularmi) maftun (majnun) ekaningizni .




  1. Albatta, Rabbingizning O'zi Uning yo'lidan ozgan kimsalarni yaxshi biluvchidir va U hidoyat topuvchilarni ham yaxshi biluvchidir.




  1. Bas, (ey, Muhammad,) (Sizni) inkor etuvchi kimsalarga itoat etmang!




  1. Ular (bilan) murosasoz bo'lishingizni, shunda ular ham (Siz bilan) murosasoz bo'lishni istarlar.




  1. (Ey, Muhammad,) har qanday tuban qasamxo'rga itoat etmang.




  1. Shuningdek, g'iybatchi, gap tashuvchiga,




  1. yaxshilikni man etuvchi (baxil), tajovuzkor, gunohkorga,




  1. qo'pol va bulardan tashqari benasab (haromi)ga (itoat etmang)!




  1. U mol-mulk va o'g'illarga ega bo'lgani uchun (shunday qiladi).




  1. Qachonki, unga oyatlarimiz tilovat qilinsa: "Bular avvalgilarning afsonalari-ku!"- deydi.




  1. Yaqinda uning tumshug'iga tamg'a bosib qo'yajakmiz.

Izoh: Bu oyatlardagi salbiy sifatlar mashhur kofir Valid ibn Mug'iraga mansubdir. Darhaqiqat, u Badr jangida "tumshug'idan tamg'alanadi", ya'ni burnidan qilich yeb, so'ngra shu chandig'i bilan yuradi. Keyingi oyatlarda Yaman diyorida bir saxiy bog'bon bo'lib, u har yili kuzda mevalarni terish uchun kambag'al-miskinlarni taklif etib, daraxtdan tergani bog'bonga, yerga tushgani teruvchilarga deb ularni siylar ekan. U olamdan o'tgach, farzandlari baxillik ko'yiga kirib xatoga yo'l qo'yganliklari to'g'risida so'z boradi.



  1. Darhaqiqat, Biz ularni (Makka ahlini) bog' egalarini sinaganimizdek sinovga soldik. O'shanda ular, albatta, uni (bog' hosilini) erta tongda uzib olamiz deb qasam ichgan edilar.




  1. Lekin, istisno qilmagan edilar (Xudo xohlasa, demagan edilar).




  1. Bas, (tunda) ular uyquda bo'lgan chog'larida, u (bog') uzra Parvardigoringiz tomonidan bo'lmish aylanuvchi (ofat - olov) aylandi.




  1. Bas, (hosil) yig'ilgandek bo'lib qoldi (bog' kuyib kul bo'ldi).




  1. Erta tongda turishib, bir-birini chaqirishdi:




  1. "Agar (hosilni) uzmoqchi bo'lsangizlar, ziroatgohingizga bora qolinglar", - (deb).




  1. So'ngra shivirlashib jo'nadilar.




  1. "Bugun (bog'da hosil terayotgan vaqtda) ustilaringizga biror miskin kirib qolmasin-da", - der edilar.




  1. Ular (o'zlaricha mazkur) g'arazga qodir bo'lgan hollarida tong-saharlab bordilar.




  1. Bas, qachonki, uni (kulga aylangan bog'ni) ko'rishgach, (avval): "Shubhasiz, bizlar (yo'ldan) adashib qoldik (ya'ni, boshqa boqqa kelib qoldik)", - dedilar.




  1. (So'ngra:) "Yo'q, bizlar (bog'imizdan) mahrum bo'libmiz" (dedilar).




  1. (Shunda) ularning o'rtaholrog'i: "Men sizlarga (Allohga) tasbeh aytmaysizlarmi (hosil shukronasiga kambag'allar ulushini bermaysizlarmi) demaganmidim?" - dedi.




  1. Ular (kech bo'lsa-da): "Rabbimizga tasbeh aytamiz. Haqiqatan, bizlar (o'zimizga) zulm qiluvchi bo'ldik", - dedilar.




  1. So'ngra ular bir-birlariga qarab, malomat qila boshladilar.




  1. (Ular) dedilar: "Holimizga voy! Darhaqiqat, bizlar haddan oshuvchi bo'ldik.




  1. Shoyadki, Rabbimiz bizlarga u (bog')dan ham yaxshirog'ini almashtirib bersa. Bizlar, albatta, Rabbimiz sari intiluvchidirmiz".




  1. Azob mana shunday! Agar bilsalar, albatta, oxirat azobi yanada kattaroqdir.





  1. Download 0,82 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   329   330   331   332   333   334   335   336   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish