(Bugina emas,) balki ularga va'da qilingan vaqt Qiyomatdir. Qiyomat esa yanada halokatli va achchiqdir.
Albatta, jinoyatchilar gumrohlik va nodonlikdadirlar.
Ular yuz tuban hollarida do'zax sari sudraladigan Kunda (ularga): "Do'zax ta'sirini totib ko'ringlar!" - (deyilur).
Albatta, Biz har bir narsani o'lchov bilan yaratdik.
Bizning farmonimiz faqat birgina ("Bo'l", - degan so'z)dir. (Muddati) ko'z yumib ochgunchadir.
Biz sizlarning o'xshashlaringizni halok qildik. Bas, eslatma oluvchi bormi?
Ular qilgan har bir narsa bitiklarda (nomai a'mollarida)dir.
Har bir kichik va katta (ish Lavhul-Mahfuzda) bitilgandir.
Albatta, taqvodorlar jannatlarda va daryolar uzra
qodir Podshoh huzuridagi sadoqat maqomida bo'lurlar.
AR-RAHMON SURASI
Ar-Rahmon - Allohning go'zal ismlaridan biri. Surada Alloh taolo insoniyat va jinlarga bu dunyo va oxiratda ato etgan va etajak ne'matlaridan ba'zilarini eslatib, o'ttiz bor: "Bas, Rabbingizning qaysi bir ne'matlarini inkor etasizlar?!" - deb ularga xitob etgan.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
Mehribon (Alloh)
Qur'onni ta'lim berdi.
(U) insonni yaratdi.
Unga bayonni (nutqni) ta'lim berdi.
Quyosh ham, oy ham (aniq) hisob bilan (joriydirlar).
Poliz ekinlariyu daraxtlar ham (Allohga) sajda qilur (bo'yin sunur).
Osmonni baland qilib qo'ydi va tarozini joriy qildi.
Toki, tarozida haddan oshmagaysizlar.
(Ey, insonlar, muomalada) vaznda adolat o'rnatinglar va tarozidan urib qolmanglar!
(U) Yerni odamlar uchun (tekis qilib) qo'ydi.
Unda meva va g'unchali xurmo daraxtlari bor.
Yana somonli donlar va rayhon (gullari bor).
Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
U insonni (Odamni) sopol yangliq quruq loydan yaratdi.
Jin (va shaytonlarni) esa olovdan yaratdi.
Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
(Alloh) ikki mashriqning (ya'ni, kun va oy chiqadigan tomonlarning) ham, ikki mag'ribning (kun va oy botadigan tomonlarning) ham Parvardigoridir.
Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
U ikki dengiz (daryo)ni bir-birlari bilan uchrashadigan qilib (yonma-yon) oqizib qo'ydi.
(Ammo) u ikkisining o'rtasida bir to'siq bo'lib, ular (o'sha to'siqdan) oshib o'tmaslar.
Izoh: Adan ko'rfazi bilan Qizil dengiz tutashgan Bob al-Mandab bo'g'ozida va Atlas ummoni (Atlantik okeani) bilan Oq (O'rta Yer) dengiz tutashgan Jabali Toriq (Gibraltar) bo'g'ozida ikki dengiz suvi bir-biriga aralashmagan holda oqar ekan. Bu haqda 14 asr avval zikr qilinganligini bilgach, mashhur sayyoh kapitan
Kusto ham Qur'oni Karimning ilohiy mo''jiza ekanligini tan oldi.
Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
U ikkisidan (dengizdan) marvarid va marjon chiqur.
Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
Uning dengizda (yelkanlari) tog'lar kabi baland ko'tarilgan kemalari ham bordir.
Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
(Yer) yuzidagi barcha mavjudot foniydir.
Ulug'lik va ikrom sohibi bo'lmish Rabbingizning "yuzi" bog'liy qolur.
Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
Osmonlar va Yerdagi (barcha) jonzot (hojatlarini) Undan so'rar. U har kuni faoliyatdadir.
Izoh: Alloh taolo kecha va kunduzning har bir daqiqa va soniyasida biror ishni qilib turgan bo'ladi. Masalan, birovni kechiradi, birovning hojatini chiqaradi, kimningdir darajasini ko'taradi, kimnidir pastlatadi, nimanidir yaratadi, kimlarnidir dunyoga keltiradi, kimlarnidir vafot ettiradi. Bu oyati karima Alloh shanba kuni yoki yakshanba kuni dam oladi deydigan qavmlarning aqidasi qanchalik puch ekanligiga dalildir. Zero, Alloh taolo mabodo bir lahza dunyoni tasarruf etishdan to'xtasa, yeru osmon vayron bo'lib ketgan bo'lur edi.
Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
Yaqinda (Qiyomatda) sizlar(ni hisob-kitob qilish) uchun foriq bo'lajakmiz, ey, insu jinlar!
Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
Ey, jin va ins jamoasi! Agar sizlar (Allohning jazosidan qochib) osmonlar va Yer hududlaridan o'tib ketishga qodir bo'lsangizlar, o'tib ketaveringizlar! Sizlar kuch-qudratsiz sira o'tib keta olmassizlar!
Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
(U Kunda) ustingizga olovdan iborat bir alanga va tutun yuborilurki, sizlar (unga qarshi) yordam topa olmassizlar.
Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
Bas, qachonki, (Qiyomat qoyim bo'lgach,) osmon yorilib, (jahannam haroratidan) yog'kabi qizarib qolganida,
Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
Ana o'sha Kunda na ins va na jindan (qilib o'tgan) gunohi to'g'risida so'rab o'tirilmas.
Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
(Balki) jinoyatchi (osiy) kimsalar o'z belgilaridan tanilib, peshona sochi va oyoqlaridan tutilurlar (va jahannamga tashlanular).
Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
Jinoyatchi (osiy)lar yolg'on deydigan jahannam mana shudir.
Ular o'sha (jahannam) bilan o'ta qaynoq suv o'rtasida aylanib tururlar.
Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
Parvardigori (huzurida) turishdan (so'ralishdan) qo'rqqan kishi uchun ikki jannat (bog'li) bordir.
Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
(U ikki jannat bog'li qalin) shox-novdalarga egadir.
Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
U ikkisida ikki oqin chashma bordir.
Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
U ikkisida barcha mevadan ikki navi bordir.
Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
(Ahli jannat) astarlari shoyidan bo'lgan ko'rpachalar uzra yastangan hollarida (o'tirurlar). U ikki jannat mevasi yaqindir.
Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
U (jannat)larda shunday ko'zlarini (begona erkaklardan) tiyuvchi (qiz)lar borki, ularga ilgari na ins va na jin tekkandir.
Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
Ular (ning badanlari) go'yoki yoqut va marjondirlar.
Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
Ehson (ezgulik)ning mukofoti faqat ehson (ezgulik)dir.
Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
U ikkisidan quyiroqda yana ikki bog'l bordir.
Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
Do'stlaringiz bilan baham: |