Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc



Download 0,82 Mb.
bet305/354
Sana16.06.2022
Hajmi0,82 Mb.
#678056
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   354
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt543

Ayturlar: "Haqiqatan, bizlar ilgari (dunyoda) oilamiz orasida (Alloh azobidan) qo'rquvchi edik.




  1. Mana, Alloh bizlarni mamnun etdi va bizlarni "samum" (do'zax shamoli)dan saqladi.




  1. Darhaqiqat, bizlar ilgari (dunyoda) Unga duo qilar edik. Albatta, Uning O'zi marhamatli va rahmlidir".




  1. Bas, (ey, Muhammad,) (insonlarga) eslatma beravering, chunki Siz Rabbingizning ne'mati sababli kohin (folbin) ham, majnun ham emasdirsiz.




  1. Balki, ular (mushriklar): "(Muhammad) shoirdir. Bizlar unga zamon hodisotlari (yetishi)ni kutarmiz", - derlar?!




  1. Ayting: "Kutaveringlar! Men ham sizlar bilan birga kutuvchilardandirman".




  1. Balki, ularni "aqllari" mana shunga buyurar?! Yoki ular tug'yonga ketgan qavmdirlar?!




  1. Balki, ular: "(Muhammad Qur'onni) o'zi ichidan to'qib olgan",- derlar?! Yo'q, ular imon keltirmaslar!




  1. Bas, agar rostgo'y bo'lsalar, o'zlari ham o'sha (Qur'on)ga o'xshash biror so'z (kitob) eltirsinlarchi?!




  1. Yoki ular hech narsadan (ya'ni, Yaratuvchisiz) yaralib qolganmilar?! Yoki ular o'zlari yaratuvchimilar?!




  1. Yoki osmonlar va Yerni ham ular yaratganmilar?! Yo'q, ular ishonmaslar!




  1. Yoki ularning huzurlarida Rabbingizning xazinalari bormi?! Yoki ular (butun borliqni) boshqarib turuvchimilar?!




  1. Balki, ularda (chiqib, farishtalarning so'zlarini) eshitib oladigan narvon bordir?! U holda ularning eshitib oluvchisi aniq hujjat keltirsin!




  1. Yoxud qizlar (farishtalar) Unga-yu, o'g'illar sizlargami?




  1. (Ey, Muhammad,) balki Siz ulardan (payg'ambarligingiz uchun) haq so'rayotgandursizki, ular (o'sha) to'lovdan qiynalgandirlar?!

  2. Yoki ularning huzurlarida g'ayb (ilmi) bo'lib, ular (undan ko'chirib) yozib olayotirlarmi?!




  1. Balki, ular (Sizni halok qilish uchun) biror hiyla qilmoqchidirlar?! U holda o'sha kofir bo'lgan kimsalarning o'zlari "hiyla"ga giriftor bo'lurlar.




  1. Yoxud ular uchun Allohdan o'zga iloh bormi?! Alloh ularning shirklaridan pokdir!




  1. Agar ular (ustilariga) osmonning bir parchasi tushayotganini ko'rsalar ham "Bu qalin bulutdir", - derlar.




  1. Bas, (ey, Muhammad,) Siz ularni, to o'zlari halok qilinadigan kunlariga ro'baro' bo'lgunlaricha, qo'yib bering!




  1. U Kunda ularning hiylalari hech foyda bermas va ularga yordam ham berilmas.




  1. Albatta, zolim (kofir) bo'lgan kimsalar uchun bundan (Qiyomatdan) ilgari (dunyoda) ham azob(lar) bordir. Lekin, ularning aksariyati (buni) bilmaslar.




  1. (Ey, Muhammad,) Siz Rabbingizning hukmiga sabr qiling! Zotan, Siz Bizning ko'z o'ngimizda (himoyamizda)dirsiz! (Tongda uyqudan) turgan paytingizda, Rabbingizga hamd bilan tasbeh ayting!




  1. Shuningdek, kechadan (vaqt ajratib) va yulduzlar yuz o'girgach (botgach), (saharda) ham Unga tasbeh ayting.

NAJM SURASI

Surada kelgan eng ajib ma'lumotlardan biri - bu me'roj kechasining tasviridir. Ya'ni, Muhammad (a. s.) Makkadan to Masjidi Aqsogacha, so'ng u yerdan osmonlar uzra parvoz qilib, Alloh buyurgan joygacha samoviy sayr qilgan kechalari haq ekanligiga ushbu surada qat'iy dalillar mavjud.




Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).



  1. Botib ketayotgan yulduzga qasamki,




  1. sizlarning sohibingiz (ya'ni Muhammad) zalolatga ketgani ham yo'q, yo'ldan ozgani ham yo'q!




  1. (Qur'onni) o'z havosi (xohishi) bilan so'zlamas.




  1. U (Qur'on) faqat (Alloh tomonidan) vahiy qilinayotgan (tushirilayotgan) bir vahiydir.




  1. Unga (tilovatni) shiddatli quvvatga ega bo'lmish zot (Jabroil) ta'lim bermishdir.




  1. (U) iqtidorli (farishta)dir. Bas, u turdi.




  1. O'zi oliy ufqda edi.




  1. So'ngra yaqinlashib, pastladi.




  1. Bas, (Muhammadga) ikki kamon oralig'idek yoki (undan ham) yaqinroq bo'ldi.




  1. Bandasi (Muhammad)ga Alloh tushirgan vahiyni keltirdi.




  1. Ko'ngil ko'rgan narsasida yolg'onchi bo'lmadi.




  1. Endi sizlar, (ey, mushriklar, Payg'ambar) ko'rib turgan narsasi ustida u bilan tortishurmisizlar?!




  1. Qasamki, (Muhammad Jabroilni) ikkinchi bor ko'rdi.




  1. (Jannat) chekkasidagi Nilufar oldida.




  1. Ma'vo jannati ham o'sha (Nilufar)ning oldidadir.




  1. O'shanda Nilufarni o'ragan narsa (Allohning fayzi) o'rab olgan edi.




  1. (Payg'ambarning) ko'zi (chetga) og'gani ham yo'q, o'z haddidan oshgani ham yo'q.




  1. Darhaqiqat, u (o'sha soatda) Parvardigorining buyuk alomatlarini ko'rdi.




  1. (Ey, mushriklar,) ko'rdingizmi (sanamlaringiz) - "Lot, "Uzzo"ni




  1. va yana uchinchilari bo'lmish "Manot"ni?




  1. Erkak (jinsi) sizlarniki-yu, ayol (jinsi) U zotnikimi?!



Izoh: Ya'ni Alloh taolo mushriklarning so'zlaridan olib o'zlariga raddiya qilmoqda. Darhaqiqat, ularning buzuq e'tiqodi bo'yicha mabodo Alloh farzand tutmoqchi bo'lganda edi, qizlarni emas o'g'il farzand tutgan
bo'lmasmidi?! Buni xayolga ham keltirib bo'lmaydi. Zero, Allohning xoh farzand, xoh boshqa narsaga ehtiyoji bor deb hisoblash shirkdir.



  1. U holda bu adolatsiz taqsim-ku?!




  1. U (nom)lar faqat sizlar o'zlaringiz va ota-bobolaringiz qo'yib olgan nomlardir. Alloh ular (ma'budaligi) haqida biror hujjat tushirgan emas. U (mushrik)larga Parvardigorlari tomonidan hidoyat (Qur'on) kelib turgan holda ular faqat gumonga va havoyi nafslarigagina ergashmoqdalar.




  1. Yoki insonga orzu qilgan narsasi bo'laverdimi?!




  1. Bas, oxirat ham, dunyo ham yolg'iz Allohnikidir.




  1. Osmonlarda qanchadan-qancha farishtalar bo'lib, o'shalarning shafoatlari ham - Alloh O'zi xohlagan va rozi bo'lgan kishilarga (shafoatga) izn bermagunicha - foyda bermas.




  1. Darvoqe, oxiratga imon keltirmaydigan kimsalar farishtalarni ayol nomi bilan ataydilar.




  1. Holbuki, ular uchun bu haqda biror bilim (hujjat) yo'qdir. Ular faqat gumon (taxmin)ga ergashurlar, xolos. Gumon esa, aslo haqiqat o'rniga o'tmas.




  1. Bas, (ey, Muhammad,) Bizning eslatmamizdan yuz o'girib ketgan va faqat dunyo hayotinigina istagan kimsalardan voz keching!




  1. Ularning "ilm"dan yetgan joylari mana shudir. Albatta, Rabbingizning O'zi Uning yo'lidan ozgan kimsalarni yaxshi biluvchidir va U hidoyat topganni ham yaxshi biluvchidir.




  1. Osmonlardagi va Yerdagi bor narsalar faqat Allohnikidir! U yomonlik (gunoh) qilib o'tgan kimsalarni qilgan amallari bilan jazolagay va ezgu amal qilgan zotlarni go'zal (savob, jannat) bilan mukofotlagay.




  1. Ular (jannat ahli) kichik xatolardan boshqa katta gunohlardan va buzuqliklardan yiroq yuradigan zotlardir. Albatta, Rabbingiz mag'firati keng zotdir. U (Odamni) Yerdan (tuproqdan) paydo qilgan paytidanoq va sizlar onalaringiz qornida homila bo'lgan paytingizdanoq sizlarni yaxshi biluvchidir. Bas, sizlar o'zlaringizni oqlamay qo'yaqolinglar! U taqvodor kishilarni yaxshi biluvchidir.




  1. (Ey, Muhammad,) ko'rdingizmi, kim yuz o'girib ketdi,




  1. va ozgina mol berib, (keyin shart qilingan molni berishni) to'xtatdi?!



Izoh: Bu yerda tanqid qilinayotgan shaxs Makka mushriklaridan Valid ibn Mug'ira bo'lib, boshqa bir mushrik agar Islomga kirmasang oxiratdagi gunohlaringni o'z bo'ynimga olaman, lekin falon miqdorda menga haq to'laysan, deb shartlashgan. Valid rozi bo'lib, pulni bir qismini berib, qolgan qismini bermagan. Oyatda ana o'shalarning ahmoqona urinishlari tasvirlangan.




  1. Download 0,82 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish