Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc


U O'z rahmati (yomg'iri) oldidan xushxabar qilib shamollarni yuborgan zotdir. Osmondan pok suv



Download 0,82 Mb.
bet237/354
Sana16.06.2022
Hajmi0,82 Mb.
#678056
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   354
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt543

U O'z rahmati (yomg'iri) oldidan xushxabar qilib shamollarni yuborgan zotdir. Osmondan pok suv (yomg'ir) yog’dirdik.




  1. Bu o'lik shahar (yerlarini) tiriltirish va O'zimiz yaratgan ko'plab chorva hayvonlari hamda insonlarni sug'orish uchundir.




  1. U (suv)ni eslatma olishlari uchun (odamlar) oralarida taqsimlab qo'ydik, (ammo) odamlarning ko'plari faqat noshukrlikni istadilar.




  1. Agar Biz xohlasak, har qishloq (va shahar)ga bir ogohlantiruvchi (payg'ambar) yuborgan bo'lur edik.




  1. Bas, Siz kofirlarga itoat etmang va u (Qur'on)ning yordamida ularga qarshi qattiq kurashing!



Izoh: Makka mushriklari Hazrati Rosul (a. s.)dan ota-bobolari sig'ingan sohta ma'budlarga siginish va yangi tavhid dinini tark etishni taklif qilganlarida, Alloh taolo ularning bu taklifini rad etishga va ular bilan ilohiy oyatlar asosida bahs yuritishga buyuradi.



  1. (Alloh) ikki dengiz (daryo)ni bunisi juda chuchuk, unisi juda sho'r qilib oqizib qo'ygan va ularning o'rtasida to'siq va puxta parda qilib qo'ygan zotdir.




  1. U (haqir) suvdan (maniydan) insonni yaratib, so'ng uni (nasl) - nasabli va quda-anda qilib qo'ygan zotdir. Darhaqiqat, Rabbingiz (har ishga) qodirdir.




  1. (Kofirlar) Allohni qo'yib, o'zlariga foyda ham, zarar ham yetkaza olmaydigan narsalarga ibodat qiladilar. Kofir o'z Parvardigoriga qarshi (shaytonga) yordamchidir.




  1. (Ey, Muhammad,) Biz Sizni faqat (mo'minlarga jannatdan) xush xabar beruvchi, (kofirlarni esa oxirat azobidan) ogohlantiruvchi qilib yubordik.




  1. Ayting: "Men sizlardan uning ustidan (hech qanday) haq so'ramayman, faqat Parvardigori sari yo'l tutishni xohlaydigan kishilar bo'lsa bas".




  1. O'lmaydigan Tirik zotga tavakkul qiling hamda Unga hamdi bilan tasbeh ayting! U O'z bandalarining gunohlaridan yetarli ogohdir.




  1. U osmonlar va Yerni hamda ularning orasidagi (barcha) narsalarni olti kunda yaratib, so'ngra Arsh uzra mustaviy bo'lgan zotdir. U Rahmondir. Bas, U zot haqida xabardor (bilimdon kishilar)dan so'rang!




  1. Qachonki (mushriklarga): "Rahmonga sajda qilinglar!" - deyilsa, ular: "Nima u Rahmon? Sen buyurgan narsaga sajda qilaveramizmi?" - deyishadi va (bu so'z) ularni yanada (imondan) yiroqlashtiradi.



(Sajda oyati)



  1. Osmonda burjlarni barpo qilgan va unda chiroq (quyosh) va nurafshon oyni paydo qilgan zot barakotli (buyuk)dir.

  2. U eslatma olmoqchi yoki shukr qilmoqchi bo'lgan kishilar uchun kecha va kunduzni (o'zaro) o'rinbosar qilib qo'ygan zotdir.




  1. Rahmonning (suyukli) bandalari yerda tavoze bilan yuradigan, johil kimsalar (bema'ni) so'z qotganda "Salomatlik bo'lsin", deb javob qiladigan kishilardir.




  1. Ular kechalarni Parvardigorga sajda qilgan va tik turgan (bedor) holda o'tkazadigan kishilardir.




  1. Ular: "Parvardigoro, O'zing bizlardan jahannam azobini daf etgin. Darhaqiqat, uning azobi halokatlidir.




  1. Darhaqiqat, u eng yomon qarorgoh va eng yomon maqomdir",- deydigan kishilardir.




  1. Ular ehson qilganlarida isrof ham, xasislik ham qilmaslar, (tutgan yo'llari) buning o'rtasida - mo''tadildir.




  1. Ular Alloh bilan birga boshqa "iloh"ga iltijo qilmaslar va Alloh o'ldirishni man etgan jonni nohaq o'ldirmaslar hamda zino qilmaslar. Kim mana shu (gunohlar)ni qilsa, gunoh (uqubat)ga uchrar.




  1. Qiyomat kunida unga azob bir necha barobar ziyoda qilinur va u joyda xorlangan holida mangu qolur.




  1. Illo, kimki tavba qilsa va imon keltirib, yaxshi amal qilsa, bas, Alloh ana o'shalarning yomonlik (gunoh)larini yaxshilik (savob)larga aylantirib qo'yur. Alloh mag'firatli va rahmli zotdir.




  1. Kimki tavba qilib ezgu (ishlarni) qilsa, bas, albatta, u Alloh (rizosi va mag'firati)ga qaytgan bo'lur.




  1. Ular (Rahmonning suyukli bandalari) yolg'on guvohlik bermaslar va behuda (so'z yo ish) oldidan o'tgan vaqtlarida olijanoblik bilan (undan yuz o'girgan hollarida) o'tarlar.




  1. Ularga Parvardigorlarining oyatlari eslatilgan vaqtida u (oyatlar)ga kar va ko'r hollarida yiqilmaydilar (balki ularni anglab-bilib amal qilurlar).




  1. Ular: "Parvardigoro, xotinlarimizdan va zurriyotlarimizdan bizlarga ko'z quvonchini baxsh et va bizlarni taqvodorlarga peshvo qilgin", - deydigan kishilardir.




  1. Aynan o'shalar sabr qilganlari sababli (jannatdagi) yuksak darajalar bilan mukofotlanurlar va u joyda (farishtalar tomonidan) salom va omonlik bilan qarshi olinurlar.




  1. Ular o'sha joyda mangu qolurlar. U eng go'zal qarorgoh va eng go'zal dargohdir.




  1. (Ey, Muhammad, mushriklarga) ayting: "Agar duolaringiz bo'lmaganida, Parvardigorim sizlarga parvo qilmas edi. Bas, sizlar (U yuborgan payg'ambarni) inkor etdingiz. Endi, albatta, sizlarga (azob- uqubat) lozim bo'lur".

SHUARO SURASI

Shuaro - shoirlar.


Surada tavhid, imon, Islom, insoniy fazilatlarga da'vat, koinot sirlari, payg'ambarlar, oxiratga taalluqli ma'lumotlar yoritiladi.




Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).



  1. To, Sin, Mim.




  1. Ushbular aniq Kitob oyatlaridir.




  1. (Ey, Muhammad,) ehtimol, Siz (Makka mushriklari) mo'min bo'lmaganlari uchun o'zingizni halok qilmoqchidirsiz.




  1. Agar Biz xohlasak, ularga osmondan mo''jiza nozil qilar edik-da, u sababli bo'yinlari egilib qolardi.




  1. Ularga Rahmon (tomoni)dan yangi eslatma kelishi bilan, albatta, ular undan yuz o'giruvchi bo'ldilar.




  1. Bas, ular (payg'ambarni) inkor etdilar. Ularga esa o'zlari masxara qilgan narsaning axboroti kelur.




  1. Axir, (ular) yerga boqib, unda barcha turdagi foydali navlardan qanchasini undirib qo'yganimizni ko'rmadilarmi?!




  1. Albatta, bunda alomat bordir. (Lekin) ularning ko'plari imon keltiruvchi bo'lmadilar.




  1. Rabbingiz esa, U qudratli va rahmlidir.




  1. (Ey, Muhammad,) eslang, Rabbingiz Musoga nido qilib: "Zolimlar qavmiga borgin -




  1. Fir'avn qavmiga. Ular (Mendan) qo'rqmaydilarmi?!" (degan edi).




  1. Muso aytdi: "Ey, Rabbim (borurman, lekin) ular meni yolg'onchi qilishlaridan qo'rqaman.




  1. Dilim tang bo'lur, tilim esa burro emas. Bas, (birodarim) Horunga ham (payg'ambarlik) yuborgin!




  1. Yana ular nazdida mening gunohim bor. Bas, meni o'ldirib qo'yishlaridan qo'rqaman".



Izoh: Ya'ni, misrlik bir qibtiy yigitni o'ldirganman.



  1. (Alloh) dedi: "Yo'q (o'ldira olmaslar)! Bas, (Horun bilan) mo''jizalarimizni olib boringlar! Albatta, Biz sizlar bilan birga (savol-javoblaringizni) tinglab turuvchidirmiz.




  1. Bas, ikkovingiz Fir'avnga borib aytinglar: "Haqiqatan, biz olamlar Parvardigorining elchilarimiz.




  1. Isroil avlodini bizga qo'shib (o'z yurtlari - Falastinga) jo'natgin!"




  1. (Fir'avn Musoga) dedi: "Biz seni bolalik chog'ingda o'z ichimizda tarbiyalamaganmidik, umringning bir necha yilida oramizda turgan eding-ku!




  1. Keyin noshukrlardan bo'lib qilgan ishingni qilgan eding-ku!"




  1. (Muso) aytdi: "O'shanda men u ishni yanglishganlardan bo'lib qilgan edim.




  1. So'ngra sizlardan qo'rqib qochib ketdim. Keyin Rabbim menga hikmat berdi va meni payg'ambarlardan qildi.




  1. O'sha sen menga minnat qilayotgan ne'mat (aslida) sen Isroil avlodini qul qilib olishing tufaylidir".



Izoh: Ya'ni, o'zingni o'tkazgan zulming tufayli men sening saroyingga kelib qolganman. Aks holda, o'z oilamda tarbiya topgan bo'lur edim. Shuning uchun meni parvarish qilganingni minnat qilma.




  1. Download 0,82 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish